Qurilish olamida ijtimoiy tarmoqlar quruvchilarning marketing faoliyatining ajralmas qismiga aylandi. Biroq, ko‘plab kompaniyalar bir xil va zerikarli kontent muammosiga duch kelishadi. Savdoni oshirish ilinjida ular sahifalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo postlari bilan to‘ldirishadi, ammo natija qoniqarli bo‘lmaydi. Shunchaki obunachilar ularga nimadir sotishga urinayotgan postlarni ko‘rib charchashadi...
Yechim:
Biz NRG Uzbekistan ijtimoiy tarmoqlarini noyob qilib, turli xil kontent formatlari orqali kompaniya ruhini yetkazdik. Auditoriya bilan muloqotga urg‘u berish: YouTube va Instagramda biz real vaqt rejimida qurilish jarayonini ko‘rsatib, ochiqlikni ta’kidladik. Trendlarni qurilish sanoatiga moslashtirib, nafaqat zamonaviy turar-joy majmualarini, balki ular taklif etadigan turmush tarzini ham aks ettiruvchi suratlar va videolardan iborat dinamik sahifa yaratildi.
Natija:
Bizning ishimiz tufayli biz auditoriyaning yuqori faolligiga erishishga va Instagramda 6 000 dan ortiq, YouTube’da esa 30 000 dan ortiq yangi obunachilarni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldik.
Bugungi kunda NRG Uzbekistan nafaqat qurilish sifati va noyob loyihalar, balki media makonida ham yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Brendning ijtimoiy sahifalari nostandart yondashuv va ijodiy kontent quruvchining ijtimoiy tarmoqlarini to‘laqonli savdo vositasiga aylantirishga va ko‘chmas mulk bozorida brendni mustahkamlashga qanday yordam berishiga yaqqol misol bo‘ldi.